Xalqaro “American Journal of Economics and Business Management” ilmiy jurnalida Barqaror rivojlanish markazi bo‘lim boshlig‘i Avazbek Xalbekovning “Mintaqani barqaror rivojlantirishga bo‘lgan ilmiy qarashlar evolyutsiyasi: nazariy asoslar va zamonaviy tendensiyalar” mavzusidagi ilmiy maqolasi chop etildi.Mazkur maqolada barqaror rivojlanish konsepsiyasining shakllanishi va rivojlanish bosqichlari, uning iqtisodiy, ijtimoiy va ekologik jihatlari ilmiy jihatdan atroflicha tahlil qilingan.
Shuningdek, tadqiqotda barqaror rivojlanish nazariyasining turli bosqichlardagi evolyutsion rivojlanishi tahlil qilinib, uning shakllanish jarayoniga ta’sir etgan asosiy xalqaro jarayonlar va ilmiy yondashuvlar tizimlashtirilgan. Muallif tomonidan barqaror rivojlanish konsepsiyasining rivojlanish bosqichlarini qamrab olgan mualliflik davriylashtirish modeli taklif etilgan.
Tadqiqot natijalari barqaror rivojlanish tamoyillarini amaliyotga samarali tatbiq etish hududlar iqtisodiy salohiyatini oshirish, investitsiya jozibadorligini kuchaytirish hamda iqtisodiy va ijtimoiy barqarorlikni ta’minlashda muhim ahamiyatga ega ekanligini ko‘rsatadi. Shu nuqtayi nazardan, maqolada zamonaviy boshqaruv mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha amaliy takliflar ilgari surilgan.