Barqaror rivojlanish markazi 

  • O‘zbek
  • Ўзбек
  • Русский
  • English
  • Français

Terrorizmga qarshi kurashda inson huquqlarini ta’minlash

14-04-2026 390

    2022    yil    3-4 mart    kunlari Toshkent shahrida    « BMTning    Global    aksilterror strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha Birgalikdagi harakatlar rejasi doirasida Markaziy Osiyo mamlakatlarining mintaqaviy hamkorligi »    mavzusida o‘tkaziladigan xalqaro    konferensiya    g‘oyat muhim va dolzarb ahamiyatga ega . Ushbu    global anjuman mintaqa mamlakatlari va jahon hamjamiyati sa’y-harakatlarini terrorizmga qarshi hamjihatlik bilan kurashishda birlashtirish hamda faollashtirish uchun da’vat etishga qaratilgan.

    Terrorizmga qarshi kurash va mintaqaviy hamkorlik

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti    BMT Bosh    Assambleyasining    75-sessiyasidagi    nutqida ta’kidlaganidek ,    «Hozirgi vaqtda Markaziy Osiyo mintaqasida    tub    o‘zgarishlar    yuz    bermoqda . Biz mintaqa davlatlari o‘rtasida yaxshi qo‘shnichilik va o‘zaro ishonch ,    do‘stlik va hurmat muhitini yaratishga erishdik . Birlashgan Millatlar Tashkiloti    Bosh    Assambleyasining    72-sessiyasida    ilgari surilgan tashabbusga asosan muntazam o‘tkazilayotgan Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining Maslahat uchrashuvlari umumiy yutug‘imiz bo‘ldi».

    Davlatimiz rahbari    BMT    minbaridan so‘zlagan ushbu nutqida bugungi kunda Markaziy Osiyoda xavfsizlikni ta’minlash sohasida ham samarali hamkorlik olib borilayotgani haqida so‘z yuritar ekan ,    Birlashgan Millatlar Tashkilotining    Global    aksilterror strategiyasi muvaffaqiyatli amalga oshirilayotganini e’tirof etdi.

    O‘z navbatida ,    Prezidentimiz :    «Biz ushbu    strategiya    doirasidagi Mintaqaviy qo‘shma rejaning    10    yillik natijalari va kelgusi istiqbollariga bag‘ishlangan xalqaro konferensiyani o‘tkazish tarafdorimiz», deb ta’kidladi.

    Bo‘lajak Toshkent xalqaro anjumani O‘zbekiston Prezidentining ayni    shu    tashabbusi doirasida tashkil etilmoqda . Konferensiyaning    BMT    shafeligida ,    xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar ishtirokida o‘tkazilayotgani O‘zbekiston olib borayotgan siyosat va uning jahon minbarlaridan e’lon qilingan tashabbuslari xalqaro hamjamiyat tomonidan keng hamda qat’iy qo‘llab-quvvatlanayotganini ko‘rsatadi.

    Bugungi kunda Markaziy Osiyo hududi mintaqaviy rivojlanishning barcha jihatlariga    –    siyosat va iqtisodiyot , ekologiya    va madaniy-gumanitar mezonlarga ta’sir ko‘rsatuvchi jiddiy geosiyosiy o‘zgarishlar davrini bosib o‘tmoqda . O‘zbekiston Prezidenti    Shavkat Mirziyoyev 2019    yili Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining Maslahat uchrashuvida qayd etganidek ,    «Markaziy Osiyo geostrategik joylashuviga ko‘ra ,    ming yillar davomida jahon miqyosidagi jarayonlar markazida bo‘lib kelgan . Bizning mintaqamiz    doimo    o‘zining    boy    madaniy-tarixiy merosi bilan    Yevropa,    Yaqin Sharq ,    Janubiy va Sharqiy Osiyoni bog‘laydigan noyob ko‘prik bo‘lib xizmat qilgan».

    Bunday yondashuv mintaqaning yalpi siyosiy-iqtisodiy va madaniy-gumanitar manzarasiga ijobiy ta’sir ko‘rsatmay qolmadi . Ushbu    siyosat asosini «Markaziy Osiyoni xavfsizlik ,    izchillik va barqaror rivojlanish mintaqasiga aylantirish ustuvorligi» tashkil etadi . Hozirgi paytda mintaqamizda , koronavirus    pandemiyasining oqibatlariga qaramay ,    hamkorlikning chuqurlashuvi bo‘yicha barqaror    tendensiya    kuzatilmoqda.

        Global    aksilterror strategiyasi va    Yangi    O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi

    BMTning    2006    yil    8    sentyabrda qabul qilingan    Global    aksilterror strategiyasining to‘rtta asosiy qismidan bittasi inson huquqlari mavzusiga bag‘ishlangan . Ushbu    bo‘lim «Inson huquqlarining umumjahon miqyosida hurmat qilinishi va qonun ustuvorligini terrorizmga qarshi kurashning asosiy tayanchi sifatida ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlar» deb nomlanganini qayd etish lozim.

        Global    aksilterror strategiyasida e’tirof etilganidek ,    terrorizmga qarshi kurashish va inson huquqlarini himoya qilish borasida amalga oshiriladigan ta’sirchan chora-tadbirlarning biri boshqasini aslo inkor etmaydi . Aksincha , ular    o‘zaro bir-birini to‘ldirib , terrorizm    jabrdiydalarining huquqlarini qo‘llab-quvvatlash va himoya qilish uchun nihoyatda zarur hisoblanadi.

    Shuni ham ta’kidlash kerakki ,        «2022-2026    yillarga mo‘ljallangan    Yangi    O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi»dagi oltinchi ustuvor yo‘nalish «Milliy manfaatlardan kelib chiqqan holda umumbashariy muammolarga yondashish» deb nomlangani bejiz emas.

    Ayniqsa ,    ushbu ustuvor yo‘nalishning    «Ekstremizm    va terrorizmga qarshi kurashishning samarali mexanizmlarini shakllantirish» sarlavhali    82-maqsadi    muhim ahamiyat kasb etadi . Hozirgi vaqtda Taraqqiyot strategiyasi doirasida ,    jumladan:

        - ekstremizm    va terrorizmni keltirib chiqaruvchi omillarning oldini olishga qaratilgan preventiv mexanizmlarni takomillashtirish ,    ijtimoiy-ma’naviy muhitni yaxshilash ,    yot g‘oyalar ta’sirining oldini olish va bunday ta’sirga tushib qolganlar bilan tizimli ishlash orqali ularning muammolarini bartaraf etish;

        -    aholi ,    ayniqsa    yosh    avlodda    terrorizm    va    ekstremizm    mafkurasiga qarshi qat’iy va barqaror immunitetni shakllantirish;

        - ekstremizm    va terrorizmga qarshi kurashishning xalqaro-huquqiy asoslarini takomillashtirish hamda xorijiy davlatlar ,    mintaqaviy va xalqaro tashkilotlar bilan    ekstremizm    va terrorizmga qarshi kurashish sohasidagi hamkorlikning shartnomaviy-huquqiy asoslarini kengaytirish;

        - diplomatik    vakolatxonalar va konsullik muassasalari ,    Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi ,    shuningdek , chet    elga uzoq vaqtga ketayotgan hamda yashab kelayotgan fuqarolar bilan shug‘ullanuvchi boshqa idoralarning kadrlar salohiyati va resurslarini mustahkamlash;

        -    xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlar bilan    ekstremizm, terrorizm    va ularni moliyalashtirishga qarshi kurash sohasida axborot hamda tajriba almashish;

        -    faoliyati    ekstremizm    va terrorizmga qarshi kurashishga qaratilgan xalqaro va mintaqaviy tashkilotlarda faol ishtirok etish;

        -    Markaziy Osiyoda BMTning    Global    aksilterror strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha hamkorlikdagi sa’y-harakatlarni birgalikdagi harakatlar rejasi doirasida muvofiqlashtirish;

        -    Markaziy Osiyoda    ekstremizm    va terrorizmga qarshi kurashish bo‘yicha birgalikdagi ishlar doirasida axborot almashinuvi va hamkorlikni rivojlantirishga yordam beruvchi xalqaro tashabbuslarni amalga oshirishda O‘zbekistonning rolini kengaytirish;

        -    dunyo hamjamiyati va mintaqaviy tashkilotlar e’tiborini Afg‘onistonda tinchlik va hamjihatlikni ta’minlashga jalb qilish borasidagi tashabbuslarni jadallashtirish va ushbu mamlakatni mintaqaviy hamkorlik jarayonlariga , shu    jumladan    ekstremizm    va terrorizmga qarshi kurashishga jalb qilish kabi muhim masalalar doirasida izchil ishlar boshlab yuborilgan.

    Xalqaro konferensiyada inson huquqlari masalalariga katta e’tibor qaratilayotgani ,    ta’bir joiz bo‘lsa , Prezident Shavkat    Mirziyoyevning    Yangi    O‘zbekistonni bunyod etish yo‘lida ilgari surgan «Inson qadri uchun» tamoyili bilan o‘zaro uyg‘un va hamohangdir . Buni anjuman doirasida «Inson huquqlarining umumjahon miqyosida hurmat qilinishi va qonun ustuvorligi ta’minlanishi    –    terrorizmga qarshi kurashning asosiy tayanchi» mavzusi alohida    sessiya    majlisida muhokama qilinishi ko‘zda tutilayotgani ham yaqqol tasdiqlaydi.

    Mamlakatimiz BMTning    Global    aksilterror strategiyasini qo‘llab-quvvatlagan , terrorizm    va diniy ekstremizmga qarshi kurashish bo‘yicha    14 ta    xalqaro    konvensiya    hamda protokolni    ratifikatsiya    qilgan.

    Bundan tashqari ,    bu borada mamlakatimizda    « Ekstremizmga qarshi kurashish to‘g‘risida», «Terrorizmga qarshi kurash to‘g‘risida», «Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga ,    terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish to‘g‘risida»gi qonunlar hamda boshqa    normativ- huquqiy hujjatlar qabul qilingan.

        BMT    va O‘zbekiston :    terrorizmga qarshi kurash va inson huquqlari sohasida hamkorlik

        2021    yil    16 dekabr    kuni    BMT Bosh    Assambleyasining    76-sessiyasida «Terrorizm    va inson huquqlari »    nomli    76/169-sonli rezolyutsiya    qabul qilindi. Rezolyutsiyada    terrorizm    hamda    terrorizm    uchun sharoit yaratadigan zo‘ravonlik ekstremizmining barcha xurujlari ,    usul va amaliyotlari ,    qaysi shakl va ko‘rinishda    yuz    berishi ,    qayerda va    kim    tomonidan sodir etilishi ,    qanday    motivatsiya yo    moliyaviy ,    moddiy yoki siyosiy qo‘llab-quvvatlash negizida sodir etilishidan qat’i nazar ,    xalqaro huquqqa mutlaqo mos kelmaydigan xatti-harakat sifatida so‘zsiz qoralanishi ta’kidlangan.

        BMT Bosh    Assambleyasining Rezolyutsiyasida ,    shuningdek , terrorizm    hamda    terrorizm    uchun sharoit yaratadigan zo‘ravonlik ekstremizmi inson huquqlari ,    erkinliklari va qonuniy manfaatlarini to‘la ro‘yobga chiqarishga g‘ov bo‘lishiga e’tibor qaratilgan . Bu salbiy omillar tufayli esa ,    bir tomondan ,    insonning siyosiy ,    shaxsiy ,    iqtisodiy ,    ijtimoiy va madaniy huquqlarini amalga oshirish yo‘lida to‘siqlar yuzaga kelsa ,    ikkinchi tomondan ,    davlatlarning hududiy yaxlitligi va xavfsizligi ,    hukumatlarning barqarorligi ,    huquq va demokratiyaning ustuvorligi ,    yanada tashvishlanarlisi ,    dunyoda farovon jamiyatlar ,    xalqaro tinchlik hamda xavfsizlikning mavjudligi ulkan tahdid ostida qoladi.

    Bundan tashqari , 76/169-sonli    rezolyutsiyada barcha davlatlar hukumatlaridan    BMT    Inson huquqlari bo‘yicha kengashining Terrorizmga qarshi kurashda inson huquqlarini rag‘batlantirish va himoya qilish masalalari bo‘yicha maxsus ma’ruzachisiga uning zimmasiga yuklangan vazifa hamda majburiyatlarini bajarishida har tomonlama yordam ko‘rsatishi so‘ralgan.

        Shu    o‘rinda    BMT    Maxsus ma’ruzachisi Fionnuala    Ni    Aolaynning mamlakatimizga    2021    yil    28 noyabr – 7 dekabr    kunlari amalga oshirgan tashrifi davomida O‘zbekiston tomoni    u    bilan yaqin hamkorlikda ish olib borgani haqida muxtasar to‘xtalish maqsadga muvofiqdir.

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti    Shavkat Mirziyoyev BMT    Maxsus ma’ruzachisi F.Ni Aolaynni qabul qildi . Muloqot chog‘ida O‘zbekistonning    BMT    organlari va huquqni himoya qilish institutlari bilan sherikligini mustahkamlashga qaratilgan qator qo‘shma xalqaro tadbirlar o‘tkazishga kelishib olindi.

        BMT    Maxsus ma’ruzachisi O‘zbekiston Prezidenti bilan muloqoti ,    shuningdek keng jamoatchilik ishtirokidagi matbuot anjumani va brifinglarda ham O‘zbekistonning    « Mehr »    operatsiyasi doirasida fuqarolarni mamlakatga qaytarish , reabilitatsiya    va    reintegratsiya    qilish borasidagi sa’y-harakatlarini yuksak baholadi.

    F.Ni Aolayn    Suriya,    Iroq va Afg‘onistondan qaytib kelgan shaxslarning    reabilitatsiya    markaziga tashrif buyurdi . Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanidagi mazkur maskanda o‘z vaqtida    « qaynoq nuqta»lardan olib chiqilgan ayollar va bolalarni    reabilitatsiya    qilish uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi.

    «Oila birligi va jamiyatning qo‘llab-quvvatlashiga asoslangan o‘zbek    modeli repatriatsiya    qilish ,    bolaning manfaatini ko‘zlash va siyosiy ,    huquqiy va ijtimoiy harakatlar markazida o‘choqli hududlardan qaytgan ayollarni samarali    reintegratsiya    qilish bo‘yicha eng yaxshi amaliyot namunasidir», — dedi    BMT    Maxsus ma’ruzachisi.

    Jahon hamjamiyati va O‘zbekistonning    « Mehr »    operatsiyasi

    Ma’lumki , BMT    Inson huquqlari bo‘yicha kengashining    47-sessiyasi    doirasida    2021    yil    5 iyul    kuni    «Suriya    va Iroqdan olib kelingan ayollar va bolalarning reabilitatsiyasi hamda reintegratsiyasi» mavzusida tashkil etilgan    onlayn- tadbirda O‘zbekiston vakillari ishtirok etdi . Mazkur seminarda Suriyaning shimoli-sharqiy qismida joylashgan    «Al- Hol »    va    «Roj»    lagerlarida qariyb    70    ming inson    – 57    davlat fuqarolari hisoblanuvchi asosan ayollar va bolalar og‘ir ahvolda saqlanayotgani tashvish bilan qayd etildi.

    Shuni alohida ta’kidlash joizki ,        2019    yildan buyon O‘zbekiston    Suriya,    Iroq va Afg‘onistondagi ayollar va bolalarni qaytarish bo‘yicha beshta    « Mehr »    operatsiyasini o‘tkazdi . Mojaroli hududlardan mamlakatga jami    531    nafar    kishi    olib kelindi.

    Jahon hamjamiyati O‘zbekistonning o‘z fuqarolarini mojaro zonalaridan , shu    jumladan Iroq va Suriyadan vataniga qaytarish va reintegratsiyasi bo‘yicha harakatlarini olqishladi . Bunday sa’y-harakatlarda O‘zbekiston kabi faollik ko‘rsatgan mamlakatlar kam ekani e’tirof etildi.

    Xalqaro ekspertlarning fikricha ,    bu sa’y-harakatlar bolalarni jabrlanuvchilar sifatida tan olishga hamda bolalar va ayollar uchun    gender    masalalari inobatga olingan hamjamiyatlar darajasidagi    reintegratsiya    dasturlari yordamida ularning shaxsiy manfaatlarini himoya qilish zarurligiga asoslangani bilan nihoyatda ahamiyatlidir.

    Yanada muhimi ,    kuchli    texnik    yordam ko‘rsatish va inson salohiyatini kuchaytirish orqali amalga oshirilgan ushbu sa’y-harakatlar inson huquqlarini amalga oshirish ,    demokratiyani rivojlantirish va qonun ustuvorligini mustahkamlashga xizmat qiladi.

    Vataniga qaytib kelgan bolalar ,    ayollar va oilalarning jamiyatga qaytadan integratsiyalashuvi ,    bir tomondan ,    ularning ijtimoiy jihatdan yakkalanib qolishiga barham    bersa,    ikkinchi tomondan ,    jamiyatda kambag‘allikni kamaytirish orqali tinchlik va barqarorlikni mustahkamlaydi.

        BMT    Maxsus ma’ruzachisi F.Ni Aolayn    terrorizm    va ekstremizmga qarshi kurashdagi yangi yondashuvlarni alohida qayd etdi . Binobarin ,    O‘zbekiston xalqaro maydonda terrorizmga qarshi kurashda faol ishtirok etmoqda . Xalqaro aksilterror koalitsiyalar faoliyatini izchil qo‘llab-quvvatlamoqda . Xususan ,    mamlakatimiz    BMT    Aksilterror qo‘mitasi va    MDH    Aksilterror markazi faoliyatida qatnashib keladi.

    Xulosa qilib aytganda ,    Toshkent xalqaro konferensiyasida    BMT Global    aksilterror strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha Markaziy Osiyo mamlakatlari hamkorligining noyob tajribasi taqdim etiladi.

    Shuningdek ,    anjumanda terrorizmga qarshi kurash borasidagi xalqaro va mintaqaviy sa’y-harakatlarni birlashtirishda BMTning rolini kengaytirish va davlatlar salohiyatini mustahkamlash ,    ushbu murakkab jarayonlarda inson huquqlari va qonun ustuvorligini ta’minlash istiqbollari keng muhokama qilinishi kutilmoqda.

    Akmal    Saidov,

Inson huquqlari bo‘yicha

O‘zbekiston Respublikasi

Milliy markazi direktori.