Barqaror rivojlanish markazi 

  • O‘zbek
  • Ўзбек
  • Русский
  • English
  • Français

Global ogohlantirish: 2025 yilgi Korrupsiyani qabul qilish indeksi natijalari nega xavotirli?

13-04-2026 390

Birlashgan Millatlar Tashkilotiga a’zo davlatlarda aholini ro‘yxatga olish har besh yoki o‘n yilda muntazam ravishda o‘tkazib kelinadi. Barcha a’zo mamlakatlar qatori O‘zbekistonda ham ushbu muhim tadbir ikki bosqichda amalga oshirildi. Dastlab aholining bir qismi maxsus elektron tizim orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lsa, keyingi bosqichda uyma-uy yurish orqali ro‘yxatdan o‘tishga ulgurmagan fuqarolar qamrab olindi.                        

Mazkur jarayon davomida ayrim fuqarolarda – Bu nima uchun kerak?, Bundan qanday foyda bor? kabi savollar tug‘ilishi tabiiy. Hatto ba’zi insonlar ushbu tadbirni ortiqcha deb hisoblagan holatlar ham kuzatildi. Xo‘sh, aholini ro‘yxatga olish nima uchun zarur va nega rivojlangan davlatlarda bu jarayon muntazam ravishda o‘tkaziladi? Quyida ushbu tadbirning dolzarbligi va zarurati haqida asosiy sabablar keltiriladi.                        

Birinchidan, Aholini ro‘yxatga olish tadbirlari bevosita Birlashgan Millatlar Tashkiloti tomonidan belgilangan Barqaror rivojlanish maqsadlari bilan chambarchas bog‘liq jarayon hisoblanib quyidagi maqsadlarga mos keladi:                        

1 - Maqsad. Qashshoqlikka barham berish. Bunda aholining daromad darajasi, yashash sharoitlari aniqlanadi. Bu o‘z navbatida kam ta’minlangan qatlamlarni aniqlash va kambag‘allikdan chiqarish bo‘yicha tegishli qarorlar ishlab chiqish imkonini beradi.                        

3 - Maqsad. Sog‘liqni saqlash. Aholining yosh tarkibi, tug‘ilish va o‘lim ko‘rsatkichlari tahlil etilib, hududlarning o‘ziga xosligi aniqlab olinadi va aholi salomatligini mustahkamlash bo‘yicha rejalar ishlab chiqish uchun asos bo‘ladi. Ayrim hududlarda esa aholi soniga nisbatan tibbiyot muassasalarining mavjudligi yohud soni va ehtiyojlarni qondirishi aniqlanadi.                        

4 - Maqsad. Sifatli ta’lim. Har bir hududda aholining savodxonlik darajasi, va ta’limi haqida ma’lumot yig‘iladi. Yangi tashkil etilgan hududlarda bog‘cha va maktablar qurish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi. Umuman olganda ta’lim infratuzilmasini rivojlantirishga yordam beradi.                        

5 - Maqsad. Gender tengligi. Erkak va ayollar soni va tafovutlari aniqlanadi.                        

8 - Maqsad. Munosib mehnat va iqtisodiy o‘sish. Mehnat resurslari, bandlik darajasi aniqlanadi. Ehtiyojdan kelib chiqib ish o‘rinlari yaratish uchun asos bo‘ladi.                        

10 - Maqsad. Tengsizlikni kamaytirish. Hududiy va ijtimoiy tafovutlarni ko‘rsatadi.                        

11 - Maqsad. Barqaror shaharlar va jamiyat. Urbanizatsiya darajasi va ichki migratsiya hamda uning sabablarini o‘rganish imkonini beradi.                        

16 - Maqsad. Samarali boshqaruv va kuchli institutlar. Yig‘ilgan statistik ma’lumotlarni tahlil qilish orqali davlat boshqaruvida muhim qarorlar qabul qilish imkonini beradi va har bir hududning o‘ziga xos portretini shakllantirishda ushbu jarayon muhim o‘rin tutadi.                        

Ikkinchidan, Yig‘ilgan ma’lumotlarni tahlil qilish orqali mamlakatni rivojlantirish va aholi ehtiyojlarini yaxshiroq anglash va ta’minlash uchun rejalar ishlab chiqishda ushbu tadbirning o‘rni strategik ahamiyatga ega.                        

Masalan, fuqaro ma’lum hududda doimiy ro‘yxatda turgani bilan mutlaqo boshqa hududda yillab faoliyat olib borishi yoki yashashi mumkin. Ayrim xonadonlarda o‘nlab odamlarning doimiy yashashi (propiska) ko‘rsatilsa-da amalda bir necha odam yashashi, ro‘yxatdagi aksariyat odamlarning boshqa viloyat yoki tumanda yashashi to‘g‘risidagi ma’lumotlarga duch kelasiz. Bu nafaqat insonlarga zaruriy sharoitni ta’minlash yoki moddiy yordamga muhtoj insonlarning hududiy joylashuvidagi noaniqliklarni keltirib chiqaradi. Balki ularning eng asosiy huquqlaridan biri bo‘lmish saylov jarayonlarida qatnashishga doir masalalarda muammolarni keltirib chiqaradi. Ya’ni bu jarayonda ishtirok etish imkoni bo‘lmagan insonlarga ham saylov byulletenlari yuborilish holatlarini kuzatish mumkin.                        

Uchinchidan, mahalliy davlat hokimiyat organlariga ijtimoiy himoyaga muhtoj aholiga nisbatan e’tibor va imkoniyatlar yaratib berish, ularning tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishga intilishlarini munosib rag‘batlantirish uchun asos bo‘luvchi ma’lumotlarni yig‘ish imkonini beradi. JSSTning 2022-yilgi ma’lumotlariga ko‘ra, nogironligi bo‘lgan shaxslar dunyo aholisining 16 foizini tashkil qiladi. O‘zbekistonda esa nogironligi bo‘lgan shaxslar soni 2025 yil I choragi yakuniga ko‘ra, 1 million 31 ming 609 nafarni yoki O‘zbekiston umumiy aholisining 2,7 foizini tashkil etadi. Bu nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlarini ta’minlash uchun muhim manbadir.                        

Xulosa qilib aytganda mamlakatning umumiy portretini shakllantirish va barqaror rivojlanishi uchun tegishli yo‘l xaritasini yaratish, aholining ehtiyojlarini o‘z vaqtida aniqlash va zaruriy choralar ko‘rish, hamda keskin tabaqalashuv va tafovutning oldini olish, amalda mavjud lekin xujjatlarda aks etmagan yashovchilarga munosib sharoitlarni yaratib berish, sifatli ta’lim va tibbiy xizmatlar ko‘rsatilishini ta’minlash uchun doimiy tarzda o‘tkazilishi va monitoring qilib borilishi zarur bo‘lgan tadbir hisoblanadi. Yig‘ilgan ma’lumotlar tahlili ko‘plab muammolarni jiddiylashmasidan avval aniqlash va hal etishga imkon beradi.                    

Sardorbek JO‘RAYEV

Barqaror rivojlanish markazi eksperti