Barqaror rivojlanish markazi 

  • O‘zbek
  • Ўзбек
  • Русский
  • English
  • Français

Fuqarolik jamiyati institutlari faoliyatida barqaror rivojlanish maqsadlarining o‘rni

11-03-2026 390

        Англияда NHS тизими “суперинсон” даражасида ишлайдиган янги сунъий интеллект воситасини синовдан    ўтказмоқда.

        Aire (AI-ECG risk estimation) деб номланган ушбу технология электрокардиограмма (ЭКГ) натижаларини таҳлил қилиб, беморларда касаллик ривожланиши ва эрта ўлим хавфини прогноз қилади. ЭКГ юракнинг электр фаолиятини қайд этувчи кенг тарқалган ва арзон текширув усули ҳисобланади.

        Тизим шифокор кўзи билан аниқлаш қийин бўлган юрак тузилишидаги яширин ўзгаришларни ҳам топа олади ҳамда қўшимча текширув ёки даволашга муҳтож беморларни эрта босқичда белгилаб беради.

        Дунёда илк бор Aire дастлаб    Imperial College Healthcare NHS Trust    ва    Chelsea a XXI asr taraqqiyoti global miqyosda yangi yondashuv va mas’uliyatni talab etmoqda. Iqtisodiy o‘sish, ijtimoiy adolat va ekologik barqarorlik o‘rtasida muvozanatni ta’minlash insoniyat oldidagi eng muhim vazifalardan biriga aylandi. 2015 yilda BMT tomonidan qabul qilingan “2030 yilgacha Barqaror rivojlanish kun tartibi” aynan shu maqsadga xizmat qiladi. Unda belgilangan 17 ta Barqaror rivojlanish maqsadlari dunyo davlatlari uchun umumiy taraqqiyot dasturi sifatida namoyon bo‘ldi. Mazkur maqsadlarni amalga oshirishda davlat tashkilotlari bilan bir qatorda fuqarolik jamiyati institutlari ham hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi.

        Barqaror rivojlanish konsepsiyasi iqtisodiy o‘sishni jamiyat farovonligi hamda tabiiy resurslarni asrash bilan uyg‘unlashtirishni nazarda tutadi. Qashshoqlikni qisqartirish, sifatli ta’limni ta’minlash, gender tenglikka erishish, munosib mehnat sharoitlarini yaratish, iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashish va samarali institutlarni shakllantirish kabi vazifalar o‘zaro uzviy bog‘liq bo‘lib, ularni bir butun tizim sifatida amalga oshirish talab etiladi. Shu jihatdan, barqaror rivojlanish davlatning yakka harakati bilan emas, balki keng jamoatchilik ishtiroki, ochiq muloqot va hamkorlik orqali ta’minlanadigan jarayon hisoblanadi. Bu jarayonda fuqarolik jamiyati institutlari muhim bo‘g‘in sifatida maydonga chiqadi.

        Aynan shu maqsadlardan kelib chiqqan holda, Urganch shahrida 18 fevral kuni Shveysariya Taraqqiyot va Hamkorlik Agentligining (SDC) O‘zbekistondagi vakolatxonasi ko‘magida hamda “Yuksalish” harakati hamkorligida amalga oshirilayotgan “O‘zbekistonda mahalliy fuqarolik jamiyatini mustahkamlash va muloqot platformalarini yaratish” loyihasi doirasida o‘tkazilgan davra suhbatida Barqaror rivojlanish markazi vakillari ishtirok etib, mavjud muammolar va istiqbolli yo‘nalishlar yuzasidan fikr almashdilar.

        Davra suxbatida Barqaror rivojlanish markazi Xorazm viloyati bo‘linmasi rahbari B.Ruzmetov “Fuqarolik jamiyati institutlari faoliyatida barqaror rivojlanish maqsadlarining o‘rni” mavzusida ma’ruza bilan ishtirok etdi.    

        B.Ruzmetov o‘z ma’ruzasida quyidagi masalalarni urg‘uladi. “Fuqarolik jamiyati institutlari deganda nodavlat notijorat tashkilotlari, jamoat birlashmalari, kasaba uyushmalari, ommaviy axborot vositalari, mustaqil tahlil markazlari, mahalla tuzilmalari va boshqa ijtimoiy institutlar tushuniladi. Ular davlat va jamiyat o‘rtasida o‘zaro muloqotni ta’minlaydi, aholi manfaatlarini ifoda etadi va ijtimoiy tashabbuslarni ilgari suradi. Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishda aynan shu institutlar aholining turli qatlamlarini jalb etish, ijtimoiy muammolarni aniqlash va ularga manzilli yechim taklif qilish imkoniyatiga ega”.

        Avvalo, fuqarolik jamiyati institutlari barqaror rivojlanish g‘oyasini ommalashtirishda muhim rol o‘ynaydi. Aholining barqaror rivojlanish mazmun-mohiyatini anglashi, uning maqsad va vazifalarini tushunishi jamoatchilik ishtirokining asosiy shartidir. Nodavlat tashkilotlar, mustaqil ekspertlar va faol jamoatchilik vakillari orqali aholining huquqiy va ekologik madaniyati oshiriladi, ijtimoiy mas’uliyat hissi shakllantiriladi.

        Shuningdek, fuqarolik jamiyati institutlari ijtimoiy loyihalarni amalga oshirish orqali BRMning amaliyotga tatbiq etilishiga bevosita hissa qo‘shadi. Kam ta’minlangan oilalarni qo‘llab-quvvatlash, xotin-qizlar va yoshlar bandligini ta’minlash, inklyuziv ta’limni rivojlantirish, ekologik tashabbuslarni ilgari surish kabi yo‘nalishlarda amalga oshirilayotgan faoliyat barqaror rivojlanish tamoyillarini jamiyat hayotiga singdirishga xizmat qiladi. Ayniqsa, ijtimoiy xizmatlarni aholiga yaqinlashtirish va manzilli yordam ko‘rsatishda nodavlat sektorning ishtiroki samaradorlikni oshiradi.

        Barqaror rivojlanish maqsadlarini amalga oshirishda shaffoflik va hisobdorlik muhim o‘rin tutadi. Bu borada fuqarolik jamiyati institutlari jamoatchilik nazoratini amalga oshirish orqali davlat dasturlari ijrosini monitoring qiladi, tahlillar o‘tkazadi va takliflar ishlab chiqadi. Bu esa davlat boshqaruvi samaradorligini oshirishga, korrupsiya va samarasizlik holatlarining oldini olishga xizmat qiladi.

        O‘zbekistonda so‘nggi yillarda fuqarolik jamiyatini rivojlantirish, nodavlat notijorat tashkilotlar faoliyatini qo‘llab-quvvatlash va ularning davlat boshqaruvidagi ishtirokini kengaytirish bo‘yicha izchil islohotlar amalga oshirilmoqda. Davlat grantlari, ijtimoiy buyurtmalar va sheriklik mexanizmlari joriy etilmoqda. Bu esa barqaror rivojlanish maqsadlarini milliy darajada amalga oshirishda fuqarolik jamiyati institutlarining institutsional salohiyatini mustahkamlashga xizmat qilmoqda.

        Shu bilan birga, sohada ayrim muammolar ham mavjud. Nodavlat tashkilotlarning moliyaviy barqarorligini ta’minlash, kadrlar salohiyatini oshirish, hududlardagi institutlarning faolligini kuchaytirish, davlat organlari bilan samarali muloqot mexanizmlarini yanada takomillashtirish dolzarb vazifalardan hisoblanadi. Barqaror rivojlanishga erishish uchun davlat, xususiy sektor va fuqarolik jamiyati o‘rtasidagi hamkorlikni kuchaytirish, “uch tomonlama sheriklik” modelini rivojlantirish maqsadga muvofiqdir.Xulosa qilib aytganda, barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish – bu umummilliy va umuminsoniy vazifadir. Fuqarolik jamiyati institutlari mazkur jarayonda jamiyat manfaatlarini ifoda etuvchi, ijtimoiy faollikni rag‘batlantiruvchi va davlat siyosatining samaradorligini ta’minlovchi muhim kuch sifatida namoyon bo‘ladi. Ularning institutsional rivojlanishi va faol ishtirokisiz barqaror taraqqiyotga erishish mushkul. Shu bois fuqarolik jamiyati institutlarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va ularning barqaror rivojlanish jarayonidagi o‘rnini mustahkamlash kelgusi taraqqiyotning asosiy omillaridan biri bo‘lib qoladi.

        

    B.Ruzmetov

        Barqaror rivojlanish markazi    

    Xorazm viloyati bo‘linmasi rahbari

    nd Westminster Hospital NHS Foundation Trust    клиникаларида синовдан ўтказилмоқда. Илк босқичда юзлаб беморлар жалб қилиниб, кейинчалик тадқиқот кўлами кенгайтирилади.

        The Lancet Digital Health    журналида чоп этилган тадқиқот натижаларига кўра:

    • 10 йил ичида ўлим хавфини — 78% аниқликда

    • келажакдаги юрак етишмовчилигини — 79%

    • жиддий аритмияларни — 76%

    • атеросклеротик юрак-қон томир касалликларини — 70% прогноз қилган.

        Тадқиқотчилар Aire моделини 189 539 беморга тегишли 1,16 млн ЭКГ маълумотлари асосида ўқитган.

        Мутахассислар таъкидлашича, Aire шифокорни алмаштириш учун эмас, балки инсон кўзи билан аниқлаб бўлмайдиган хавфларни прогноз қилиш орқали клиник қарор қабул қилишни янада кучайтириш учун яратилган.