2026 yil 10 mart kuni Toshkent shahrida mahalla raislari ishtirokida “O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar doirasida mahalla tizimining o‘rni” mavzusida ilmiy-amaliy seminar o‘tkazildi.
Tadbirda jamiyat barqaror rivojlanishi, aholi farovonligini oshirish va davlat boshqaruvini xalqchil qilishda mahalla instituti muhim o‘rin tutayotgani ta’kidlandi. Ayniqsa, “mahalla yettiligi” tizimi aholi muammolarini joyida hal etish, ijtimoiy barqarorlikni mustahkamlash va jamoatchilik ishtirokini kuchaytirishga xizmat qilayotgani qayd etildi.
Shuningdek, kambag‘allikni qisqartirish, sifatli ta’lim, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, gender tenglik va barqaror jamoalarni ta’minlashda mahallaning roli alohida ekani ta’kidlandi. 2026 yilning “Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili” deb e’lon qilinishi mahallaning davlat va jamiyat hayotidagi ahamiyatini yanada oshirishga qaratilgan muhim qaror sifatida baholandi.