2026 yil 2 mart kuni Toshkent shahrida mahalla raislari uchun “O‘zbekistonda olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlar doirasida mahalla tizimining o‘rni”mavzusida ilmiy-amaliy seminar o‘tkazildi.
Tadbirda jamiyatni barqaror rivojlantirish, aholi farovonligini oshirish va davlat boshqaruvini yanada xalqchil qilishda mahalla institutiga alohida e’tibor qaratilayotgani ta’kidlandi. Ayniqsa, “mahalla yettiligi” tizimi aholi muammolarini joyida hal etish, ijtimoiy barqarorlikni mustahkamlash hamda jamoatchilik ishtirokini kuchaytirishda muhim o‘rin tutayotgani qayd etildi.
Shuningdek, kambag‘allikni qisqartirish, sifatli ta’lim, sog‘lom turmush tarzi, gender tenglik, barqaror jamoalar hamda tinchlik va adolatni ta’minlashda mahallaning roli alohida ekani ta’kidlandi. Prezident tomonidan 2026 yilning “Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili” deb e’lon qilinishi mahallaning davlat va jamiyat hayotidagi o‘rnini yangi darajaga olib chiqishga qaratilgan strategik qaror sifatida baholandi. Zero, mahalla — bu faqat hududiy tuzilma emas, balki xalqimizning birdamligi, bag‘rikengligi va o‘zaro yordam an’analarini mujassam etgan ijtimoiy makondir.