Barqaror rivojlanish markazi 

  • O‘zbek
  • Ўзбек
  • Русский
  • English
  • Français

Nyu-Yorkda O‘zbekiston tadbirkorlari uchun xalqaro biznes seminari tashkil etildi

28-10-2026 462

    Nyu-York shahridagi jahon moliyaviy va biznes markazlaridan biri - One World Trade Center majmuasida Business Diplomat xalqaro tashkiloti vakillari, Oliy Majlis jamoat fondi, Xotin-qizlarni qo‘llab-quvatlash markazi tomonidan O‘zbekiston tadbirkorlari uchun xalqaro seminar tashkil etildi.

    Tadbirda Barqaror rivojlanish markazi vakili Avazbek Xalbekov ham ishtirok etib, O‘zbekistonda so‘nggi yillarda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, iqtisodiyotni liberallashtirish, xususiy sektorni rivojlantirish hamda tadbirkorlik subyektlari uchun yaratilayotgan qulay shart-sharoit va yangi imkoniyatlar haqida atroflicha ma’lumot berdi.

    Seminar xalqaro biznes hamjamiyati va O‘zbekiston tadbirkorlari o‘rtasida o‘zaro manfaatli aloqalarni rivojlantirish, tajriba almashish va yangi hamkorlik yo‘nalishlarini belgilash nuqtayi nazaridan muhim ahamiyat kasb etadi.