2026 yil 2 aprel kuni Barqaror rivojlanish markazi tashabbusi bilan Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanida mahalla faollari, fuqarolik jamiyati institutlari hamda ta’lim tizimi xodimlari ishtirokida ilmiy-amaliy davra suhbati tashkil etildi. Tadbir tuman hokimligi va Ekologik partiya vakillari bilan hamkorlikda o‘tkazildi.
Davra suhbatida O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlarning huquqiy va institutsional asoslari, ularning BMT Barqaror rivojlanish maqsadlari bilan uyg‘unligi, shuningdek xorijiy tajribalar yuzasidan ma’lumotlar taqdim etildi. Shu bilan birga, Markaz faoliyati va amalga oshirilayotgan loyihalar haqida tushuntirishlar berildi.
Tadbir ishtirokchilari tomonidan bildirilgan fikr va takliflar ochiq muloqot muhitida muhokama qilinib, jamoatchilik ishtirokini yanada kuchaytirishga xizmat qildi.
Shuningdek, tadbirning ikkinchi amaliy qismida amaliy tashabbuslar ilgari surildi. Xususan, “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida Bo‘stonliq tumanidagi ta’lim muassasalari hududlarida bog‘ barpo etish maqsadida o‘quvchilar va pedagoglar ishtirokida ko‘chat ekish tadbiri tashkil etildi. Unda bir qator mevali daraxt ko‘chatlari ekilib, atrof-muhitni muhofaza qilish, ekologik madaniyatni yuksaltirish hamda yoshlarda tabiatga ehtiyotkor munosabatni shakllantirishga qaratilgan muhim amaliy qadam amalga oshirildi.