Barqaror rivojlanish markazi 

  • O‘zbek
  • Ўзбек
  • Русский
  • English
  • Français

MAMLAKATDA AMALGA OSHIRILAYOTGAN KЕNG KO‘LAMLI ISLOHOTLAR DOIRASIDA MAHALLA INSTITUTINING O‘RNI VA AHAMIYATI

13-04-2026 390

2026 yil 30 mart kuni Toshkent shahrida mahalla raislari ishtirokida “O‘zbekistonda olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlar doirasida mahalla tizimining o‘rni” mavzusida ilmiy-amaliy seminar tashkil etildi.                        

Mazkur tadbirda jamiyatni barqaror rivojlantirish, aholi farovonligini oshirish hamda davlat boshqaruvini yanada xalqchil tamoyillar asosida takomillashtirishda mahalla institutining o‘rni va ahamiyatiga alohida e’tibor qaratildi. Ta’kidlanganidek, mahalla tizimi joylarda ijtimoiy-iqtisodiy masalalarni hal etish, aholi bilan manzilli ishlash va davlat siyosati ijrosini ta’minlashda muhim bo‘g‘in sifatida namoyon bo‘lmoqda.                        

Ayniqsa, “mahalla yettiligi” tizimining joriy etilishi aholi muammolarini joyida va tezkor hal etish, ijtimoiy barqarorlikni mustahkamlash hamda jamoatchilik ishtirokini kengaytirishda samarali mexanizm sifatida baholandi. Ushbu tizim orqali hududlardagi muammolarni aniqlash va ularga manzilli yechimlar ishlab chiqish imkoniyatlari kengaygani qayd etildi.                        

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2026 yilning “Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili” deb e’lon qilinishi mahalla institutini davlat va jamiyat hayotida yangi bosqichga olib chiqishga qaratilgan muhim strategik qaror sifatida baholandi.