Barqaror rivojlanish markazi 

  • O‘zbek
  • Ўзбек
  • Русский
  • English
  • Français

Yuqori iqtisodiy o‘sish sur’atlarini ta’minlash: sifat jihatidan yangi bosqichga o‘tish zarurati

12-03-2026 390

    Bugungi global iqtisodiy tebranishlar, geosiyosiy va tashqi bozorlardagi o‘zgarishlar sharoitida milliy iqtisodiyotning barqaror va yuqori sur’atlarda rivojlanishini ta’minlash har bir davlat oldida      xtturgan ustuvor vazifalardan biridir. Ayniqsa, rivojlanayotgan mamlakatlar uchun iqtisodiy o‘sish nafaqat miqdoriy ko‘rsatkichlar, balki uning sifat jihatlari samaradorlik, raqobatbardoshlik, innovatsionlik va yuqori qo‘shilgan qiymat yaratish bilan baholanadi.

        Xususan, O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar, investitsiya siyosatidagi ochiqlik va tadbirkorlik muhitini yaxshilashga qaratilgan chora-tadbirlar iqtisodiy o‘sishning yangi modelini shakllantirishga xizmat qilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida belgilab berilgan vazifalar aynan shu maqsad – yuqori iqtisodiy o‘sish sur’atlarini yangi bosqichga olib chiqish zaruratini yana bir bor dolzarb masala sifatida kun tartibiga qo‘ydi.

        Makroiqtisodiy natijalarga nazar tashlasak, 2025 yil yakuniga ko‘ra yalpi ichki mahsulot 7,7 foizga o‘sib, 147 mlrd. dollardan oshdi. Iqtisodiy o‘sishning yarmidan ko‘pi xizmatlar sohasi hisobiga ta’minlangani iqtisodiyot tarkibiy diversifikatsiyasi chuqurlashayotganini anglatadi. Bu holat sanoat va agrar sektor bilan bir qatorda xizmatlar sohasining ham o‘sish drayveriga aylanayotganini ko‘rsatadi.

    Qishloq xo‘jaligida gektaridan o‘rtacha daromad 4,5 ming dollardan 5 ming dollargacha oshgani, mehnat unumdorligi 4,7 foizga ko‘tarilgani agrar sohada samaradorlikka qaratilgan islohotlar natija berayotganini tasdiqlaydi. Bu jarayon yer resurslaridan oqilona foydalanish, intensiv texnologiyalarni joriy etish va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining bozorbopligini oshirish bilan bevosita bog‘liq.

        Iqtisodiy o‘sish sifatini belgilaydigan muhim omillardan biri bu – energiya samaradorligidir. Bir yil ichida bir dollarlik qo‘shilgan qiymat yaratishga sarflangan energiya xarajatlarining 15 foizga kamaygani yuqori qo‘shilgan qiymat beradigan loyihalar soni ortib borayotgani, texnologik yangilanish va energiya tejamkor uskunalarning keng joriy etilayotganini anglatadi. Bu esa milliy iqtisodiyotning barqaror va raqobatbardosh rivojlanishi uchun mustahkam asos yaratadi.

        2026 yil uchun 6,6 foiz iqtisodiy o‘sish orqali YAIM hajmini 167 mlrd. dollarga yetkazish maqsad qilinayotgani asosiy vazifalar sifatida ko‘rsatib o‘tildi. Geosiyosiy beqarorlik va tashqi iqtisodiy tebranishlar sharoitida bu ehtiyotkor prognoz sifatida baholanmoqda. Shu bilan birga, resurslardan samarali foydalanish, yangi eksport bozorlarini ochish, raqamlashtirish va sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy etish orqali ushbu ko‘rsatkichlarni yanada yuqori darajaga olib chiqish imkoniyatlari mavjudligi ta’kidlandi. Bu esa iqtisodiy o‘sishning yangi drayverlarini shakllantirishga qaratilgan strategik yondashuvni ifoda etadi.

        Bundan tashqari, strategik korxonalar samaradorligini oshirish masalasi ham ustuvor vazifalar qatorida belgilandi. “Franklin Templeton” kompaniyasi tahlillariga ko‘ra, logistika, korporativ madaniyat, raqamlashtirish va energiya samaradorligi sohalarida katta zaxiralar mavjud. Shu bilan birga, 19 ta strategik korxonada tannarxni 10–15 foizga qisqartirish vazifasi qo‘yilgani sanoat raqobatbardoshligini oshirishga qaratilgan tizimli chora hisoblanadi. Bunda iqtisod qilish ishlab chiqarish hajmini qisqartirish orqali emas, balki samaradorlikni oshirish hisobiga ta’minlanishi lozimligi alohida ta’kidlandi. Bu “kam xarajat – yuqori qo‘shilgan qiymat” tamoyilini mustahkamlaydi.

        Shuningdek, strategik korxonalarni “Yagona g‘aznachilik” axborot tizimi bilan qamrab olish va davlat xaridlarini risk-tahlil asosida toifalash budjet intizomini kuchaytirishga xizmat qiladi. Davlat xaridlarida mahalliy mahsulotlar ulushini oshirish ham ichki ishlab chiqarishni rag‘batlantirishning muhim mexanizmi sifatida ko‘rilmoqda.

        Hududiy sanoatni rivojlantirishdagi nomuvozanatlar ham tanqidiy tahlil qilindi. So‘nggi uch yilda respublika sanoati 21 foizga o‘sgan bo‘lsa-da, ayrim tumanlarda bu ko‘rsatkich 10 foizga ham yetmagan. Bu holat kredit resurslari va investitsiyalar o‘sishi sanoat o‘sishiga mutanosib ta’sir ko‘rsatmayotganini, boshqaruv va loyiha samaradorligida tizimli muammolar borligini ko‘rsatadi. Shu bois sanoatni kamida 8,5 foizga oshirish bo‘yicha tarmoqbay va hududbay rejalarni tasdiqlash maqsadli boshqaruv modelini joriy etishning muhim bosqichidir.

        Avtomobilsozlik sohasida 650 ming dona quvvatga ega 4 ta yirik korxona mavjudligi, 2026 yilda ishlab chiqarishni 510 mingtaga yetkazish rejasi va 763 ta yangi detalni mahalliylashtirish vazifasi kooperatsiya va lokalizatsiya darajasini oshirish orqali importga qaramlikni qisqartirish hamda qo‘shimcha qiymat zanjirini kengaytirishga xizmat qiladi.

        Investitsiya siyosatida ham sifatga ustuvorlik berilayotgani diqqatga sazovor. 2026 yilda 50 mlrd. dollar xorijiy investitsiya jalb etish rejasi belgilangan bo‘lsa-da, asosiy e’tibor har bir loyihaning bozori, eksport salohiyati, qo‘shilgan qiymati va yaratadigan ish o‘rinlariga qaratilishi ta’kidlandi. Bu yondashuv investitsiyalarning natijadorligini oshirish, samarasiz